So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Ramazonda shirinliklar bayrami” reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalari

Aksiyalar

18 mart 2024

“Ramazonda shirinliklar bayrami” reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalari

Aksiyalar

18 mart 2024

Yutuq uchun imkonlaringizni aniqlang

Aksiyadagi ishtirok haqida ma`lumotlar xariddan 120 daqiqa oʻtib yangilanadi. Tekshirish uchun Korzinka kartangiz raqamini quyida kiriting:

Ishtirokni tekshiring
Sizda
0 imkoniyatlar


“Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida (keyingi o‘rinlarda – Korzinka) “Ramazonda shirinliklar bayrami”

REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

(KEYINGI O‘RINLARDA – “QOIDALAR”)

1. “Ramazonda shirinliklar bayrami” reklama aksiyasi (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya”) noma’lum shaxslar doirasida Korzinka chakana savdo tarmog‘iga qiziqish uyg‘otish va uni qo‘llab-quvvatlash, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, shuningdek, “РотФронт”, “Бабаевский”, “Красный октябрь” va ECO BOTANICA mahsuloti savdo hajmini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Aksiya lotoreya, qimor hisoblanmaydi, Ishtirokchilardan aksiyada qatnashish uchun to‘lov talab etilmaydi.

2. AKSIYA TASHKILOTCHISI VA HAMKORI HAQIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Aksiya Tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda – “Tashkilotchi”): “ANGLESEY FOOD” MCHJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR: 202 099 756

Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uy, pochta indeksi: 100015. 


3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

3.1. Aksiya o‘tkazilish muddati: 2024-yil 18-martdan 2024-yil 14-aprelgacha (keyingi o‘rinlarda, shuningdek – “Aksiya muddati” yoki “Aksiya davri”).

3.2. Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilish muddati: 2024-yil 18-martdan 2024-yil 14-aprelgacha.

3.3. Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: amaldagi Aksiya Qoidalarining 9.2. bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar yutuqli o‘yinlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq 2024-yil 18-martdan 2024-yil 14-aprelgacha.

3.4. Amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqtiga muvofiq belgilanadi.

4. HUDUDLAR, PROMO-SAYT VA MA’LUMOTLARNI YETKAZISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda - O‘zR) hududidagi Korzinka supermarketlar tarmog‘i, Korzinka Mahalla, Korzinka DISKONT va Smart do‘konlari doirasida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi Korzinka DISKONT supermarketlari bundan mustasno (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya o‘tkazilish hududi”).

4.2. Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar), Aksiya qoidalari to‘g‘risida Ishtirokchilarni xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Aksiya Hamkorining https://korzinka.uz/ rasmiy internet-sahifasida (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Sayt”);

2) Tashkilotchi belgilagan boshqa yo‘llar orqali.

3) Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta: info@korzinka.uz.

4.3. Tashkilotchi, Buyurtmachi va Texnik hamkor Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma yoki boshqa turda muloqotga kirmaslik huquqini saqlab qoladi. Amaldagi Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va munozarali vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.

 5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5.1. Aksiyada o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan 18 va undan yuqori yoshdagi: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi (*bu yerda hamkorning tanloviga bogʻliq, agar chet el fuqarolari qantasha olsa, qoldiramiz, yoʻq boʻlsa – olib tashlaymiz), Korzinka supermarketlar tarmog‘i karta dasturida ro‘yxatdan o‘tgan, Korzinka supermarketlar tarmog‘ining amaldagi/faol kartasi (keyingi o‘rinlarda – “Korzinka Plus kartasi”) egasi bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin, (shu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda birgalikda – “Ishtirokchilar”, alohida – “Ishtirokchi”).


Aksiya РотФронт, Бабаевский, Красный октябрь va ECO BOTANICA savdo belgilari ostidagi quyidagi mahsulotlarga nisbatan o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya mahsuloti”


“Красный октябрь” sovg‘a konfetlari 200g

“Птичье молоко” qaymoqli vanil konfetli quti 200g

Iris “Золотой ключик”, kiloli

Iris “Кис-Кис”, kiloli

Iris “Золотой ключик” 250g

Iris “Кис-Кис” 250g

Karamel “Алёнка” sutli, kiloli

Karamel “Алёнка” sutli 250g

Karamel “Мечта”, kiloli

Karamel “Лимонная”, kiloli

Karamel “Эвкалипт Ментол”, kiloli

Karamel “Барбарис Рот Фронт”, kiloli

Karamel “Гусиные лапки Рот Фронт”, kiloli

Karamel Фрукты-Ягодки miks 250g

Karamel “Фея” 250g

Karamel “Лимончики” rezavorli 250g

Karamel “Мечта” 250g

Karamel “Лимонная” 250g

Karamel “Вишня Рот Фронт”, kiloli

Karamel Choco chimba miks 200г

“Бабаевский” konfetlari, kiloli

“Бабаевский” fundukli va kakaoli shokoladli konfetlar, kiloli

“Бабаевский” fundukli va kakaoli shokoladli konfetlar 200g

К&О “Алёнка” vafli konfetlar, kiloli

К&О “Мишка косолапый” konfetlar, kiloli

К&O “Красная шапочка” konfetlar, kiloli

“Toffee Original” konfetlar, kiloli

“Toffee de Luxe” o‘rmon yong‘oqlari konfetlar, kiloli

“Toffee de Luxe” shokoladli konfetlar, kiloli

“Алёнка” krem-bryule konfetlar, kiloli

“Кара-Кум” shokoladli konfetlar, kiloli

К&О “Алёнка” krem-bryule qubbalar, 250 (paket)

“Красная шапочка” konfetlari, 250g

“Алёнка” shokoladli konfetlar, 250g

“Мишка косолапый” shokoladli konfetlar, 200g

“Мишка Косолапый” asalli yong‘oqlar konfetlari 200g

Barbaris ta’mli “Красный Октябрь” jeleli konfetlar 250g

Kapuchino ta’mli “Птичье молоко” konfetlar, kiloli

“Птичье молоко” qaymoqli vanil konfetlar, kiloli

“Коровка” sutli vafli konfetlar, kiloli

“Батончик” №1 ротфронт konfetlar, kiloli

“Коровка” sutli vafli konfetlar, 250g

“Коровка” shokoladli vafli konfetlar, 250g

“Батончик” №1 Ротфронт konfetlar, 250g

“Птичье молоко” qaymoqli vanil konfetlar 225g

“Птичье молоко” shokoladli konfetlar, kiloli

Barbaris ta’mli “Красный Октябрь” jeleli konfetlar, kiloli

Quyultirilgan sutli “Алёнка” shokoladli batonchalar 48g

“Алёнка” sutli uchli desert shokolad, 85g

“Бабаевский элитный” 75% shokolad 90g

“Бабаевский” fundukli qora shokolad, 100g

“Алёнка” fundukli sutli shokolad, 90g

“Алёнка” bodomli sutli shokolad, 90g

“Алёнка” fundukli sutli shokolad, 200g

“Алёнка” karamel va pechenyeli shokolad, 87г

“Алёнка” quvnoqliklarga ega sutli shokolad, 87g

“Красный Октябрь” yong‘oqli qora shokolad, 75g

“Алёнка” sutli shokolad tayoqchalar 100g

“АЛЁНКА” sutli shokolad 90g

“АЛЁНКА” sutli shokolad 200g

“АЛЁНКА” sutli shokolad 20g

Sut mag‘izli “Алёнка” shokolad tayoqchalar, 100g

Kakao va chiali ECO BOTANICA vaflisi 145g

Pistali ECO BOTANICA vaflisi 145g

Zig‘ir urug‘i kepakli galetlar 160g

Grechka unidan bo‘lgan galetlar, 160g

Tolali-kartoshkali-ko‘katli kreker “Eco botanica”, 175g

Tomat-rayhonli “ECO BOTANICA” krekerlar, 175g

Ismaloq va ko‘katli “ECO BOTANICA” krekerlar, 200g

Sabzi va kepakli “ECO BOTANICA” krekerlar, 200g

Qalampir va ko‘katli “ECO BOTANICA” krekerlar, 175g

Vanil ta’mli va vitaminli “ECO BOTANICA” zefiri 250g

Brusnika va vitamunli “ECO BOTANICA” zefiri 250g

Karkade va malinali “ECO BOTANICA” zefiri 135g

Tvorog-pishloqli ECO BOTANICA vafli nonchalar 75g

Pishloq-tomat-rayhonli ECO BOTANICA vafli nonchalar 75g

Pishloq-ko‘katli ECO BOTANICA vafli nonchalar 75g

Mayizli ECO BOTANICA suli pechenyelar 280g

Kunjutli ECO BOTANICA suli pechenyelar 280g

Olxo‘rili ECO BOTANICA suli pechenyelar 280g

O‘rik/sabzi ECO BOTANICA suli pechenyelar 280g

Choy va tolali ECO BOTANICA pechenyesi 200g

Karotin va qurutilgan o‘rikli ECO BOTANICA pechenyesi 200g

Karamel ECO BOTANICA asal va chakanda 150g

Karamel ECO BOTANICA asal va shponka 150g

Brusnika-moroshkali ECO BOTANICA konfetlar 200g

Zanjabil va vitaminli ECO BOTANICA konfetlar 200g

Ko‘k choy va vitaminli ECO BOTANICA konfetlar 200g

Shakarsiz shokolad ECO BOTANICA zanjabil 90g

Shakarsiz shokolad ECO BOTANICA apelsin va vitaminlar 90g

Shakarsiz shokolad ECO BOTANICA funduk va steviya 90g

Shakarsiz qora shokolad ECO BOTANICA vanilin 85g

Shokolad ECO BOTANICA gilos va chernika 85г

Shokolad ECO BOTANICA o‘rik va klyukva 85гр

Shakarsiz sutli shokolad ECO BOTANICA sharchalar-vitaminlar 90g

Kakao “Золотой Ярлык” 100 gr

Biskvit АЛЁНКА quyultirilgan sut 200g

Biskvit АЛЁНКА sutli shokolad 175g

Biskvit АЛЁНКА plombir 175g

Biskvit АЛЁНКА shokoladli krem 200g

Biskvit АЛЁНКА qaymoqli krem 200g

Rulet АЛЁНКА sutli shokolad 200g

Mini-rulet Алёнка qaymoqli karamel 210gr

Rulet Коровка quyultirilgan sut 200gr

Rulet ЧУДО ЯГОДА olchali 270g

Qaymoqli АЛЁНКА vafli torti 250g

Vafli Алёнка 40g

Vafli КОРОВКА shokolad mag‘izli 150g

Vafli КОРОВКА qaynatilgan sut 150g

Р&Ф Коровка vafli 300gr

Vafli КОРОВКА shokolad mag‘izli 300g

Vafli tort КОРОВКА Assorti 200g

Vafli КОРОВКА qaynatilgan sut 50g

Vafli tort МИШКА КОСОЛАПЫЙ Assorti 250g

Pechenye АЛЁНКА sutli shokolad 190gr

Pechenye АЛЁНКА sutli 190gr

Pechenye КОРОВКА shokolad qiyomli 115g

Pechenye КОРОВКА qaynatilgan sut 375g

Pechenye КОРОВКА quyultirilgan sut 375g

Pechenye КОРОВКА kakao va shokolad qiyomli 115g

Pechenye Коровка sutli 375g

Pechenye Коровка sutli 92g

Pechenye Коровка quyultirilgan sut 92g

Pryanik Коровка quyultirilgan sut 300g

Pryanik Коровка sutli shokolad 300g

Pryanik ТУЛЬСКИЙ meva mag‘izli 140g

Pryanik ТУЛЬСКИЙ quyultirilgan sutli 140g

Pryanik ТУЛЬСКИЙ meva mag‘izli lakomka 140g

Pryanik ТУЛЬСКИЙ limon-laym lakomka 140g

Zefir “Сладкие истории” vanil ta’mli 250 gr

Zefir “Сладкие истории” qulupnayli 250g

Zefir “Сладкие истории” qorag‘at qiyomli 180g

Marmelad “Чудо ягода” malina brusnika 250g

Marmelad “Чудо ягода” olma apelsin 250g

“Веселые нотки” sovg‘a to‘plami 450g

“Mаска” sovg‘a to‘plami 701g

“Фонарик” sovg‘a to‘plami 250g

“Aлёнка” quvnoq qizaloq sovg‘a to‘plami 400g

“Aлёнка” maskarad sovg‘a to‘plami 185g

“Красный октябрь” sovg‘a to‘plami 500g

“Зимняя сказка” sovg‘a to‘plami 500g

“Любимые с детства башня” sovg‘a to‘plami 701g

“Любимые с детства ёлка” sovg‘a to‘plami 500g

“Aттракцион адвент календарь” sovg‘a to‘plami 360g

“Вдохновение” sovg‘a to‘plami 215g

“Любимые с детства карнавал” temir qutichada sovg‘a to‘plami 550g

“Любимые с детства маскарад” sovg‘a to‘plami 185g

“Вдохновение” yong‘oqli pralin konfetlar to‘plami 170g

“Вдохновение” mini cupcakes konfetlar to‘plami 165g

“Вдохновение” maydalangan fundukli konfetlar to‘plami 400g

“Вдохновение” mini desserts konfetlar to‘plami 165g

“Вольшебный замок” sovg‘a to‘plami 1500g

“Обожайка” sovg‘a to‘plami 900g

“Веселая карусель” sovg‘a to‘plami 800g

“Алёнка матрешка” sovg‘a to‘plami 300g

“Звездочетик” sovg‘a to‘plami 800g

“Чемпион” sovg‘a to‘plami 1000g

“Затейливые узоры” sovg‘a to‘plami 450g

“Кузя друг алёнки” sovg‘a to‘plami 500g

“Неженка” sovg‘a to‘plami 700g

“Зайка-зазнайка” sovg‘a to‘plami 500g

“Чик чирик” sovg‘a to‘plami 1000g

“Праздничный” sovg‘a to‘plami 1000g

“Любимые с детства ярмарка чудес” sovg‘a to‘plami 550g

“Любимые с детства туба” sovg‘a to‘plami 501g

“Любимые с детства у самовара” sovg‘a to‘plami 300g

“Красная стрела” sovg‘a to‘plami 600g

“Любимые с детства лакомка” sovg‘a to‘plami 400g

“Ажурный” sovg‘a to‘plami 1000g

Zefir “Вдохновение” 245g

Zefir “Вдохновение” rezavorli qora parfe 245g

“Aлёнка” sutli shokoladli konfetlar 185g

“Бабаевский” konfetlari dark cream collection 200g

“Вдохновение” yong‘oqli krem va butun funduk sovg‘a to‘plami

“Вдохновение” sovg‘a to‘plami 150g

“Бабаевский” qora shokoladda butun funduk sovg‘a to‘plami

“Шоколадная фабрика” sovg‘a to‘plami 1500gr.

“Мечта сластены” sovg‘a to‘plami 1000gr.

“Лесная загадка” sovg‘a to‘plami 1000gr.

Алёнка “фонарик” sovg‘a to‘plami 350гр.

“Новогодняя забава” sovg‘a to‘plami 358gr.

Алёнка “Веселые старты” sovg‘a to‘plami 351gr.

“Чудесные мгновения” sovg‘a to‘plami 550gr.

“Вкусные моменты счастья” sovg‘a to‘plami 300gr.

“Бабаевский” sovg‘a to‘plami 256gr.

“Золотой ларец” sovg‘a to‘plami 1500gr.

Karamel “Лимончики”, kiloli

Karamel “Фея”, kiloli

Apelsinli karamel, kiloli

Apelsinli karamel meva mag‘izli, kiloli

Qulupnayli karamel meva-rezavor mag‘izli, kiloli

Anorli karamel meva mag‘izli, kiloli

Feyxoa ta’mli karamel, kiloli

Karamel evkalipt-mentolli 250g

Karamel evkalipt-mentolli 200g

Karamel “Mосквичка рот фронт”, kiloli

Karamel “Choco chimba” yalpizli 200g

“Восточный шейх” shokoladli konfetlar, kiloli

“Красный октябрь” shokoladli konfetlar, kiloli

“Kрасный октябрь” qaymoqli vanil ta’mli konfetlar, kiloli

“Oгни москвы, рот фронт” konfetlar, kiloli

“Бабаевский визит” konfetlar kiloli

К&O “Алёнка” krem-bryule kiloli

К&O “Алёнка” yong‘oqli konfetlar kiloli

“Бабаевский трюфель” konfetlar kiloli

“Бабаевский вдохновение” konfetlar kiloli

“Kоровка” qiyomsiz konfetlar kiloli

“Батончик” №1 ротфронт shokoladli konfetlar, kiloli

К&O “Kара-кум” 250gr (paketcha)

“Крутые сласти” karamelli konfetlar 180g

“Крутые сласти” tvorogli malinali konfetlar 180g

“Шейк” malina va tvorogli konfetlar 180g

“Восточный шейх” shokoladli konfetlar 200g

“Ласточка” konfetlar, kiloli

“Бабаевский” achchiq shokolad 100g

“Eco botanica” rezavor va butun boshoqli pechenye 280g

“Eco botanica” rezavor 4 xil butun boshoqli yumshoq pechenye 195g

“Eco botanica” 4 xil butun boshoqli yumshoq pechenye 195g

“Aлёнка” qaymoq kremli biskvit 240g

“Aлёнка” shokolad kremli biskvit 240g

К&O “Aлёнка” quyultirilgan sutli pirojnoye. 6*40gr

“Любимое” qulupnayli biskvit 210g

“Любимое” shokolad va o‘rikli biskvit 210g

К&O “Aлёнка” qaymoq kremli pirojnoye 40g

“Любимое” apelsinli rulet 175g

“Птичье молоко ротфронт” ruleti 200g

“Любимое” qaymoqli vafli 225g

“Любимое” quyultirilgan sutli pechenye 347g

“Любимое” karamelli pechenye 347g

“Бабушкины сказки” meva mag‘izli pryaniklar 300g

“Душистый колосок” shokolad ta’mli pryaniklar 300g

“Любимое” yalpiz ta’mli prayaniklar 400g

“Чудо ягода” o‘rik bo‘lakchali marmelad 200g

“Чудо ягода” assorti marmelad 200g



Aksiya doirasidagi mahsulotlar Ishtirokchi tomonidan Aksiya Qoidalarining 3.2. bandida ko‘rsatilgan muddatda, Aksiya Qoidalarining 4.1. bandiga muvofiq Korzinka supermarketlar tarmog‘i va/yoki Korzinka Go yetkazish xizmati orqali, shuningdek Aksiya Qoidalarining 8.2. bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar yutuqli o‘yinlarini o‘tkazish jadvaliga (“Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilish davri” bo‘limi) muvofiq xarid qilinishi kerak.


5.2. Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:

•   Tashkilotchi yoki Texnik hamkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan ishchilar;

•   Aksiya tashkilotchisi bilan affillangan deb topilgan shaxslar;

• Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatda bo‘lgan va Aksiyani tashkillashtirish va (yoki) o‘tkazish, aksiya mahsuloti savdosi bilan bog‘liq ishchi va uchinchi shaxs vakillari;

•   Yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘laqonli va to‘laqonli bo‘lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan) aka-uka va opa-singillari;

•   Amaldagi Aksiya Qoidalari shartlarini bajarmagan shaxslar;


 5.3. Aksiyada Amaldagi Qoidalarning 7.1. bandi va Amaldagi Qoidalarning boshqa bo‘limlari shartlariga mos kelmaydigan shaxslarning ishtirok etish fakti aniqlangan hollarda, Tashkilotchi ushbu shaxslarga Aksiyada ishtirok etishda va/yoki sovrinni olishda rad etish huquqiga ega.

6. AKSIYA SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

6.1. Aksiya sovrinlar jamg‘armasi Tashkilotchi pul mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, Haftalik sovrinlar va Asosiy sovrinni (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya sovrinlari”) o‘z ichiga oladi.

Aksiya umumiy sovrinlari soni cheklangan.


6.2. Haftalik sovrinlar:

Nominal qiymati 1 000 000 (Bir million) so‘mlik “Korzinka” savdo tarmog‘ining sovg‘a sertifikati - butun Aksiya davri uchun atigi 40 (qirq) dona;

6.3. Bosh mukofot:

1-o‘rin – nominal qiymati 100 000 000 (yuz million) so‘mlik Korzinka Gold sovg‘a sertifikati, butun aksiya muddati uchun atigi 1 (bir) dona;

2-o‘rin – nominal qiymati 50 000 000 (ellik million) so‘mlik Korzinka Silver sovg‘a sertifikati, butun aksiya muddati uchun atigi 1 (bir) dona;

3-o‘rin – nominal qiymati 25 000 000 (yigirma besh million) so‘mlik Korzinka Bronze sovg‘a sertifikati, butun aksiya muddati uchun atigi 1 (bir) dona;

6.4. Tashkilotchi Aksiya Sovrinlar jamg‘armasini, jumladan soni, to‘plami, turi va sovrinlarning boshqa jihatlarini o‘zgartirish, shuningdek Aksiyaga amaldagi Qoidalarda (Oferta)keltirib o‘tilmagan sovrinlarni qo‘shish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

6.5. Aksiya sovrinlari tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, surati, qadoq rangi va boshqa jihatlari reklama materiallarida ko‘rsatilgan rasmlardan, yoki Ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin. Aksiya Sovrinlari sifatida taqdim etiladigan tovarlar sifati uchun javobgarlik ushbu tovarni ishlab chiqaruvchilar zimmasida.

6.6. Tashkilotchi tomonidan sovrin o‘rniga pul ekvivalenti berilmaydi, Boshqa sovringa almashtirib berilmaydi.

6.7. Aksiya bosh sovrinlari gʻoliblari bosh sovrin summasidan foydalanishida ayrim cheklovlar mavjud. Bosh sovrindan maksimal xarajat miqdori oyiga 5 000 000 (besh million) soʻmni tashkil etadi.


7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

7.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Amaldagi Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazilish Muddatida quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishi zarur:

Aksiya o‘tkaziladigan hududda amaldagi Qoidalarning 5.1-bandida ko‘rsatilgan Aksiyadagi mahsulotni 1 (bir) fiskal kvitansiyada 50 000 (ellik ming) so‘m va undan ortiq miqdorda amaldagi Qoidalarning 3.2. bandida ko‘rsatilgan muddatda, amaldagi Qoidalarning 4.1. bandida ko‘rsatilagan Korzinka supermarketlar tarmog‘ining istalgan supermarketi, Korzinka Mahalla, Korzinka DISKONT va Smart do‘konida jismoniy Korzinka sodiqlik kartasidan yoki Korzinka Plus ilovasida ro'yxatdan o'tgan virtual Korzinka sodiqlik kartasidan (keyingi o'rinlarda “Sodiqlik kartasi” va/yoki “Korzinka sodiqlik kartasi” deb yuritiladi) foydalangan holda haridlar amalga oshiriladi. To‘lovni amalga oshirishda Mobil ilova orqali Korzinka Plus sodiqlik kartasidan foydalangan holda, xaridor Mobil ilovadagi push-bildirishnoma orqali Aksiyada ishtirok etish to‘g‘risida bildirishnoma oladi. Shuningdek, Tashkilotchining ixtiyoriga ko‘ra, Telegram botidagi pochta jo‘natmalari va Korzinka Plus sodiqlik kartasiga tayinlangan raqamga SMS-xabarnomalar xaridorni aksiyada ishtirok etish to‘g‘risida xabardor qilish uchun ishlatilishi mumkin.

Agar Ishtirokchi mobil ilovada, SMS orqali yoki Telegram botda bildirishnoma olmagan boʻlsa, u mustaqil ravishda Tashkilotchining veb-saytida ishtirok etish va ishtirok etish urinishlarining hisoblangan tarixini tekshirishi mumkin. Agar qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, ishtirokchi call-markazga +998 (78) 140-14-14 raqami orqali murojaat qilishi mumkin.

7.2. *Chekdagi summani ishtirok etishga yo‘l qo‘yilganidan kamroq summaga kamaytirishi mumkin bo‘lgan tovarlar supermarketga qaytarilganda, xaridor aksiyada ishtirok etish huquqini yo‘qotadi, yoki Tovarlar supermarketga qaytarilganda, xaridor aksiyada ishtirok etish huquqini yo‘qotadi. (aksiya shartlariga bog‘liq)


7.3. Ishtirokchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xaridlar soni cheklanmagan.

7.4. Ishtirokchi tomonidan Qoidalarning 8.2. bandida (“Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilish muddati” bo‘limi) ko‘rsatilgan muddatlarga mos keladigan davrda Aksiya sovrinlari yutuqli o‘yinida qatnashish uchun qancha ko‘p arizalar topshirilgan bo‘lsa (turli fiskal cheklarda xaridlar amalga oshirilgan bo‘lsa), Aksiya g‘olibiga (Aksiya Sovrini/Sovrinlari sohibi) aylanish uchun uning imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.

7.5. Ishtirokchi Aksiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritsa (Aksiya har qanday Sovrin/Sovrinlari sohibiga aylansa), Sovrin yutib olingan Ariza bekor qilinadi. Aksiyada yana ishtirok etish uchun Ishtirokchi Amaldagi Aksiya Qoidalari shartlariga muvofiq yana bir marta xarid amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

8. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH

8.1. Butun Aksiya Muddati davomida Tashkilotchi tomonidan quyidagilar o‘tkaziladi:

Amaldagi Qoidalarning 8.2. bandida aniqlangan Aksiya Sovrinlari yutuqli o‘yini jadvali (keyingi o‘rinlarda – “Sovrinlar yutuqli o‘yini jadvali”)ga muvofiq

- * Haftalik sovrinlar o‘yini (keyingi o‘rinlarda – “Haftalik o‘yin”), va

- * Bosh sovrin o‘yini (keyingi o‘rinlarda – “Asosiy o‘yin”).

8.2. Ro‘yxatdan o‘tish to‘liq muddati davomida Korzinka Plus kartasi raqamlari bazasiga Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari (FISH, telefon raqami) mavjud Aksiya ishtirokchilarining Korzinka Plus kartalari raqamlari kiritiladi.*

*Shaxsiy ma’lumotlar (FISH, telefon raqami) mavjud bo‘lmasa, Ishtirokchi sovrinlar o‘yinida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Haftalik sovrinlar g‘oliblari random.org kompyuter dasturi yordamida Amaldagi Qoidalarning 7.1. bandida keltirilgan shartlarni quyida keltirilgan “Sovrinlar o‘yini jadvali”da ko‘rsatilgan Davr (keyingi o‘rinlarda – “Mahsulot xarid qilish davri”)ga muvofiq muddat ichida bajargan Ishtirokchilar orasida tasodifiy yo‘l bilan aniqlanadi:

Mahsulotni xarid qilish muddati

(Toshkent shahri vaqti bilan)

G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Sovrin soni va turi

18.03.2024 dan 24.03. 2024 gacha

 28.03.2024

Haftalik sovrin:

“Korzinka” savdo tarmog‘ining nominal qiymati 1 000 000 (Bir million) so‘mlik sovg‘a sertifikati – 10 (o‘n) dona

25.03.2024 dan 31.03. 2024 gacha

04.04.2024  

Haftalik sovrin:

“Korzinka” savdo tarmog‘ining nominal qiymati 1 000 000 (Bir million) so‘mlik sovg‘a sertifikati – 10 (o‘n) dona

01.04.2024 dan 07.04.2024 gacha

13.04.2024  

Haftalik sovrin:

“Korzinka” savdo tarmog‘ining nominal qiymati 1 000 000 (Bir million) so‘mlik sovg‘a sertifikati – 10 (o‘n) dona

07.04.2024 dan 14.04.2024 gacha

25.04.2024  

Haftalik sovrin:

“Korzinka” savdo tarmog‘ining nominal qiymati 1 000 000 (Bir million) so‘mlik sovg‘a sertifikati – 10 (o‘n) dona

Bosh sovrin:

1-o‘rin nominal qiymati 100 000 000 (yuz million) so‘mlik Korzika Gold sovg‘a sertifikati, butun aksiya muddati uchun atigi 1 (bir) dona;

2-o‘rin nominal qiymati 50 000 000 (ellik million) so‘mlik Korzika Silver sovg‘a sertifikati, butun aksiya muddati uchun atigi 1 (bir) dona;

3-o‘rin nominal qiymati 25 000 000 (yigirma besh million) so'mlik Korzika Bronze sovg‘a sertifikati, butun aksiya muddati uchun atigi 1 (bir) dona.


Aksiya sovrinlari o‘yini jadvali Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga kelganda o‘zgartirilishi mumkin.

8.3. Haftalik va/yoki Asosiy oʻyinni oʻtkazish va Gʻoliblarni aniqlash kunida Tashkilotchi Asosiy Gʻoliblar (keyingi o‘rinlarda – “Asosiy g‘olib” va/yoki “G‘olib”) va Zaxira (Muqobil) Gʻoliblarni (keyingi oʻrinlarda – “Muqobil Gʻolib”) aniqlaydi

Har bir o‘yin doirasida Muqobil g‘oliblar soni quyidagicha bo‘ladi:

- Haftalik o‘yin – 10 ta (o‘nta) ishtirokchi;

- Asosiy o‘yin – 6 ta (oltita) ishtirokchi.

Tashkilotchi Asosiy G‘olib bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan taqdirda yoki Aksiya shartlari Asosiy G‘olib tomonidan buzilganida yoki G‘olib Aksiya shartlariga boshqa sabablar bilan mos kelmagan taqdirda, Asosiy G‘olibni ehtimoliy almashtirish uchun Muqobil g‘oliblarni aniqlaydi.

Aksiya Tashkilotchisi bunday Zaxira (Muqobil) g‘oliblar ro‘yxatiga kirgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishga majbur emas.

*Korzinka supermarketlar tarmog‘ining rasmiy saytida, “Aksiya g‘oliblari” bo‘limida https://korzinka.uz/news o‘tkazilgan o‘yin haqida ma’lumot e’lon qilinadi.


8.4. Har bir Asosiy G‘olib Aksiya Tashkilotchisining +998 9* *** ** ** raqamidan Korzinka supermarketlar tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi va Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka Plus virtual kartasiga biriktirilgan Asosiy G‘olibning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali xabardor qilinadi.

Aksiya Asosiy G‘olibining telefoni xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa, yoki Aksiya Asosiy G‘olibi Tashkilotchi tomonidan Asosiy G‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab 2 kun davomida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan har qanday texnik sabablarga ko‘ra aloqaga chiqmasa, shuningdek, Bosh G‘olib shaxsiy ma’lumotlarini Aksiya Tashkilotchisi tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildirmasa, Asosiy G‘olib g‘oliblikni qo‘lga kiritish imkoniyatidan, Aksiya Tashkilotchisining qaroriga e’tiroz bildirish imkoniyatisiz, mahrum etiladi, Ishtirokchining g‘olib deb topilgan arizasi esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday vaziyatda Sovrin Muqobil G‘olibga taqdim etiladi. Muqobil G‘olib bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan yoki Muqobil G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilgan yoki Muqobil G‘olibning Aksiya shartlariga boshqa jihatdan mos kelmagan taqdirda, Sovrin keyingi Muqobil G‘olibga o‘tadi. Muqobil g‘oliblar sovrindan bosh tortgan yoki ular bilan boshqa sabablar oqibatida aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmagan, ro‘yxatda Muqobil g‘oliblar qolmagan hollarda aksiyaning barcha ishtirokchilari orasida sovrin takroran o‘ynaladi.

8.5. Ishtirokchi tomonidan Korzinka supermarketlar tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi va Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka Plus virtual kartasini ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida unga birinkitilgan Ishtirokchining telefon raqami amaldagi Qoidalarning 3-bo‘limida keltirilgan butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida Ishtirokchida saqlanib qolinishi kerak. Raqam yo‘q bo‘lsa, uchinchi shaxslarga berib yuborilgan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqami o‘zgargan bo‘lsa, G‘olib Aksiya sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi. Boshqa raqamdan qaytadan ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    

9. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

9.1. Sovrin G‘olib shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini (amaldagi fuqarolik pasporti yoki ID-karta) taqdim etganda, G‘olib tomonidan Korzinka supermarketlar tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi va Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka Plus virtual kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda kiritgan barcha ma’lumotlarning to‘liq mos kelishi, shuningdek G‘olib tomonidan Aksiya mahsulotini xarid qilishda foydalanilgan Korzinka Plus jismoniy yoki virtual kartasining mos kelishi sharti bilan taqdim etiladi. G‘olib pasportida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (PINFL), G‘olibning amaldagi doimiy (vaqtinchalik) yashash to‘liq va aniq manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda (amaldagi fuqarolik pasporti yoki ID-karta) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (PINFL) va/yoki G‘olibning amaldagi doimiy (vaqtinchalik) yashash to‘liq va aniq manzili haqida ma’lumotlar bo‘lmasa, G‘olibning amaldagi doimiy (vaqtinchalik) yashash to‘liq va aniq manzili haqidagi ma’lumotnoma G‘olib tomonidan qo‘shimcha tarzda topshiriladi.


9.2. Agar G‘olib Aksiya sovrinlari o‘yinlari tugagandan so‘ng 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida olib ketmasa, Tashkilotchi ushbu Sovrinni bekor qilish huquqiga ega.

9.3. Sovrinni rasmiylashtirish / olish vaqtida G‘olib o‘zining shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan (Sovrinni rasmiylashtirish / olish bilan bog‘liq) kerakli hujjatlarni imzolash, shuningdek, Tashkilotchiga G‘olibning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan (Sovrinni rasmiylashtirish / olish bilan bog‘liq) barcha hujjatlarning asli va/yoki nusxasini taqdim etishi talab etiladi.

9.4. Aksiya G‘olibining kerakli hujjatlarni imzolashdan va/yoki yuridik jihatdan muhim bo‘lgan amallarni bajarishdan bosh tortishi, jumladan, sovrinni olishda talab etiladigan hujjatlar, jumladan, lekin shu bilan cheklanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning Sovrinni olishdan bosh tortganligi bilan tenglashtiriladi.

9.5. Tashkilotchi G‘olib tomonidan amaldagi Qoidalarning sovrinni olish tartibida keltirib o‘tilgan barcha talab va shartlarni bajarilmaganligi holatida, G‘olibga sovrinni topshirishdan bosh tortish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

9.6. Sovrinlar Aksiya sovrinlari o‘yinlari o‘tkazilgandan so‘ng, 10 (o‘n) ish kunidan kech bo‘lmagan muddat ichida taqdim etiladi. Ish kunlari deb dushanbadan jumagacha, shu kunni ham hisobga olganda, bo‘lgan kunlar hisoblanadi. Sovrinlar dushanbadan jumaga qadar 9:00dan 13:00gacha va 14:00dan 18:00gacha taqdim etiladi (O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan dam olish va bayram kunlari bundan mustasno).

9.7. Haftalik sovrinlar taqdim etilish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Kichik xalq yo‘li ko‘chasi, 120-uy. Bosh mukofotni berish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 120-uy. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida istiqomat qiluvchi g‘oliblarga sovrinlarni taqdim etish Aksiya Tashkilotchisining yetkazish xizmati orqali amalga oshiriladi.

9.8. Aksiya Haftalik Sovrinlari, Asosiy Sovrinini pul yoki boshqa ko‘rinishda almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirib berilmaydi va qaytarib olinmaydi.

9.9. Amaldagi Qoidalarda keltirilgan shartlarni bajarmagan Aksiya G‘olibi Sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi. Bunday vaziyatda Aksiya Tashkilotchisi Sovrindan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanadi.

9.10. Aksiya G‘olibi quyidagi hollarda, bunday hollarning qachon ma’lum bo‘lganligidan qat’i nazar, tegishli sovrinni hech qanday kompensatsiya, jumladan pul mukofotisiz, olish huquqini yo‘qotadi:

9.10.1. agar Aksiya G‘olibi unga tegishli sovrinni topshirishdan avval amaldagi Qoidalarni buzgan deb topilsa;

9.10.2. agar Aksiya G‘olibi og‘zaki yoki yozma tarzda elektron va boshqa aloqa vositalari yordamida sovrinni olishdan bosh tortishini ma’lum qilsa;

9.10.3. Aksiya G‘olibini identifikatsiyalashning imkoni bo‘lmagan taqdirda;

9.10.4. G‘olib bilan 2 kun ichida bog‘lanishning imkoni bo‘lmasa;

9.10.5. G‘olib Tashkilotchiga shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishda bosh tortsa;

9.10.6. Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilishda foydalanilgan Korzinka savdo tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasidagi Korzinka Plus virtual kartasi Aksiya G‘olibiga tegishli bo‘lmasa;

9.10.7. G‘olib amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan kerakli hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa.

9.11. Sovringa egalik qilish huquqi G‘olibga ushbu sovrin taqdim etilgan vaqtdan boshlab o‘tadi, Aksiya G‘olibi unga taqdim etilgan Aksiya sovrini bilan kelgusida amalga oshiriladigan barcha choralarni mustaqil tarzda belgilaydi.

9.12. Aksiya G‘olibi tomonidan Aksiya sovrinlari o‘yinlari yakunlangandan so‘ng 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, jumladan, lekin shu bilan cheklanib qolmay:

- G‘olibning elektron pochta manzilini o‘chirib yuborishi yoki elektron pochta manziliga kirish imkoniyatini yo‘qotishi;

- g‘olib noto‘g‘ri elektron pochta manzilini kiritganligi;

- Korzinka supermarketlar tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasidagi Korzinka Plus virtual kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda biriktirilgan telefon raqamidan foydalanish huquqini yo‘qotishi;

- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, internet-provayderlar tarmog‘ida uzilishlar, texnik nosozliklar xatoliklar bo‘lishi;

- Internet tarmog‘ida uzilishlar, texnik nosozliklar xatoliklar bo‘lishi;

- Internetning, elektr quvvatining yo‘qligi/bloklanganligi;

- Aksiya G‘olibining pochta manzillari va(yoki) pochta manzili kiritilgan saytlarining davlat hokimiyati tomonidan ularning ekstremistik va(yoki) terroristik deb topilishi sababli bloklanishi;

yuborish/olishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, bunday Aksiya sovrini da’vo qilinmaydigan deb topiladi va tegishli G‘olib tomonidan qayta talab etilishi taqiqlanadi hamda Aksiya Tashkilotchisi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi.

9.13. Aksiya Tashkilotchisi, Buyurtmachisi va Texnik hamkori internet-provayderlar, aloqa operatorlari, har qanday turdagi pochta, kuryerlik yoki boshqa xizmatlarning xatoliklari tufayli pochta va elektron jo‘natmalar yetib kelmagan toki kech yetib kelgan, yo‘qolgan yoki zararlanganligi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.

9.14. Aksiya ishtirokchilari zimmasiga butun Aksiya o‘tkazilishi, shuningdek Sovrinlar taqdim etilishi Davrida o‘zlarining mobil telefonlariga kirish qo‘ng‘iroqlari va kiruvchi yozma xabarlar qabul qilinishini ta’minlay mas’uliyati yuklatiladi.

9.15. Aksiya sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas.

9.16. Aksiya sovrinlari soni cheklangan va amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan raqamni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinni topshirish mas’uliyati amaldagi Qoidalarning 6.2. va 6.3. bandlarida ko‘rsatilgan Sovrinlar umumiy soni bilan cheklangan. Shu sababli Aksiya ishtirokchisi hech qanday kompensatsiya, jumladan, pul talab etishi mumkin emas.

9.17. Amaldagi Aksiya bo‘yicha jismoniy shaxs daromadi uchun belgilanadigan soliq to‘lovi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Aksiya Tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.

9.18. Boshqa to‘lovlar, O‘zbekiston Respublikasi g‘aznasiga to‘lovlar, komissiyalar va Aksiya sovrinini olish, unga egalik qilish va unga nisbatan harakatlarni bajarish bilan bog‘liq G‘olibda yuzaga keladigan boshqa qo‘shimcha to‘lovlar G‘olib tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.


10. XARAJATLAR. MAS’ULIYATNI CHEKLASH

10.1. Tashkilotchi, Buyurtmachi va Texnik hamkor quyidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi:

10.1.1. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi (vaqtida bajarmasligi);

10.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya Qoidalari va Aksiya o‘tkazish natijalari bilan tanishib chiqmaganligi;

10.1.3. Ishtirokchilar tomonidan turli sabablarga ko‘ra, jumladan pochta xizmati, aloqa tashkiloti xatoligi, Aksiya o‘tkazishda foydalanilayotgan internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallaridagi nosozlik va/yoki firibgarliklar natijasida xat, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarning kelib tushmasligi;

10.1.4. G‘olibdan Sovrinni olish uchun kerakli hujjatlar va/yoki guvohnomalarning olinmaganligi (vaqtida olinmaganligi);

10.1.5. Ishtirokchilar tomonidan Aksiyani o‘tkazish va Sovrinlarni taqdim etish bilan bog‘liq aloqa va/yoki ma’lumotlarning, shaxsiy ma’lumotlarning to‘liq va/yoki to‘g‘ri taqdim etilmasligi;

10.1.6. Aksiya Tashkilotchisi aybi bilan yuzaga kelmagan uyali aloqa operatorlari, Internet- provayderlarining istalgan turdagi texnik uzilishlari, nosozliklar, profilaktik ishlash va boshqalar;

10.1.7. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada qatnashish va(yoki) Sovrinni olishi bilan bog‘liq xarajat va yo‘qotishlar.

10.1.8. Yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, jumladan COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklov/taqiqlarning joriy etilishi.

10.1.9 Aksiya barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni mustaqil qoplaydilar (jumladan va shu bilan cheklanib qolmay, mobil aloqa operatorlar, Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanganlik, Aksiya haqida istalgan ma’lumotni olish, aksiya mahsulotini xarid qilish va h.k. bilan bog‘liq xarajatlar).

10.1.10 Tashkilotchi Aksiya Sovrinlariga bo‘lgan huquq bo‘yicha hech qanday baxslar yuzasidan mas’uliyatni zimmasiga olmaydi. Har qanday holatda ham baxslar yuzasidan yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va uning ustidan shikoyat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tashkilotchi mobil telefon raqami, elektron manzil, Aksiya mahsuloti, Ishtirokchi noyob raqami, Korzinka Plus jismoniy yoki virtual kartasi, chekning u yoki bu shaxsga tegishliligi bo‘yicha baxs yuzaga kelganda ushbu baxsga kirishmaydi. Shu turdagi barcha baxslar o‘zaro tomonlar o‘rtasida mustaqil va o‘z hisoblaridan hal etiladi.

11. Tashkilotchi internet-provayder, uyali aloqa operatorlari faoliyati, pochta, yetkazib berish va boshqa xizmatlarning xatoliklari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar yetib bormaganligi, kech yetib borganligi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar emas.

11.1. Tashkilotchi va texnik hamkor Sovrinni g‘olibga topshirgandan keyingi undan foydalanilishi, Aksiya g‘olibining har qanday sababga ko‘ra foydalanish imkoniyatining mavjud emasligi yuzasidan javobgar emas. Sovrin sifati va xizmat ko‘rsatish kafolati (agar ko‘zda tutilgan bo‘lsa) yuzasidan javobgarlik ishlab chiqaruvchi zimmasida.

11.2. Yutib olingan Sovrindan faqat Ishtirokchi bo‘lgan shaxslar foydalanishiga yo‘l qo‘yiladi. Sovrin kelishuv yoki to‘lov vositasi sifatida qatnashadigan har qanday harakat, operatsiya, kelishuvlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

11.3. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, Aksiyada ishtirok etish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan, yoki Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki boshqa shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarish maqsadida to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirib, amaldagi Qoidalarni buzgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan istalgan shaxsning ishtirok etish uchun arizalarini bekor qilishi, shuningdek amaldagi Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash huquqiga ega.

11.4. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiyada firibgarlikni oldini olish maqsadida qo‘shimcha texnik cheklovlar o‘rnatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biror ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarga zid ravishda, vijdonsizlik bilan harakatlar amalga oshirganligi aniqlangan taqdirda, ushbu Ishtirokchining g‘olibligi bekor qilinadi va aksiyadagi ishtirokini davom ettirishi taqiqlanadi.

11.5. Tashkilotchi Aksiyada vijdonan ishtirok etilishini Tashkilotchining mavjud texnik imkoniyatlari asosida, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidagi holatlar va amaldagi Qoidalarni hisobga olgan holda mustaqil baholaydi.

11.6. Tashkilotchi va texnik hamkor tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, istalgan turdagi harbiy holatlar, blokada, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari kabi fors-major holatlari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda qonunchilikning o‘zgarishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda javobgar hisoblanmaydi.

12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq va amaldagi (ishonchli) ma’lumotlarni taqdim etishga majbur, o‘z xohishi va qiziqishlariga ko‘ra Tashkilotchiga va uning ishonchli vakiliga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan O‘zR 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar haqida”gi qonuniga muvofiq Ishtirokchi taqdim etgan shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish, jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga rozilik beradi.

12.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida sovrinni qo‘lga kiritish uchun Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda Tashkilotchiga amaldagi Oferta (Qoidalar)da keltirib o‘tilgan ma’lumotlar (jumladan shaxsiy ma’lumotlar)ni taqdim etishi shart.

12.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan, jumladan Ishtirokchining ismi, familiyasi, rasmi, intervyu va u haqidagi boshqa materiallardan Sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda, shuningdek ma’lumot, xabar (jumladan, reklama turdagi) va h.k. uchun reklama/marketing, jumladan OAV (ismi va rasmi), istalgan bosmaxonalar, audio- va video-materiallar, OAV bilan intervyu marketing va/yoki istalgan boshqa reklama faoliyatida foydalanishiga rozilik beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

12.4. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, rasmlar, intervyu, telefon raqam, e-mail va (yoki) o‘zi haqidagi boshqa ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz reklama va (yoki) marketing maqsadlarida foydalanish, Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari va materiallarini OAV, istalgan bosmaxonalar, Internet tarmog‘ida foydalanish huquqini beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi (to‘lov amalga oshirilmaydi).

12.5. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqami, e-mailga Tashkilotchi va uning ishonchli vakili tomonidan muddatlarda cheklovlarsiz SMS xabarlar, yangilik va boshqa ma’lumot/reklama xabarlari (yubormalar) yuborilishiga rozilik beradi.

13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ariza sifatida Tashkilotchi tomonidan, shuningdek, Korzinka GO onlayn-yetkazib berish xizmati orqali amalga oshirilgan xaridlar ham qabul qilinadi. Buning uchun shaxsiy kabinetga Korzinka Plus kartasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqam biriktirilgan bo‘lishi kerak.

13.1.2 Aksiyada ishtirok etish uchun Ariza sifatida Tashkilotchi tomonidan Zoodpay muddatli to‘lov xizmati orqali, Korzinka sovg‘a kartalari yordamida, shuningdek, Korzinka Plus kartasida to‘plangan bonuslar bilan to‘langan cheklar hisobga olinadi va qabul qilinadi.

13.2. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi o‘zining amaldagi Qoidalar bilan to‘liq tanishib chiqqanligi va to‘liq, hech qanday baxs va munozaralarsiz Aksiya o‘tkazilish qoidalari va ishtirok etish shartlari bilan o‘z roziligini bildiradi.

13.3. Aksiya o‘tkazilish qoidalari butun aksiya o‘tkazilishi muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va /yoki to‘ldirilishi mumkin. Tashkilotchi istalgan vaqt bir tomonlama Aksiya shartlari, qoidalari va muddatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek Aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirda amal qiladi.

13.4. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, unda Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi va istalgan soxtalashtirilgan ma’lumotlardan foyda olayotganligi haqida asosli shubxa-guman paydo bo‘lgan taqdirda, Ishtirokchilarga sababini tushuntirmay va ular bilan yozishmagan holda, Aksiya Ishtirokchilarining istalgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek Aksiyada ishtirok etishda davom etishni taqiqlashi, istalgan shaxsga Sovrinni olishda rad etishi mumkin.

13.5. Amaldagi Qoidalarning bir tomonlama talqin qilinishida muammolar, tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq qabul qilinadi.

13.6. Amaldagi Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlar Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladilar.

13.7. Tomonlar mas’uliyati, shuningdek baxslarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

13.8. Amaldagi Ommaviy oferta amal qilish muddati – Aksiya o‘tkazish muddati yakunlanguncha.